Bugun, 24 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Ushbu qarama-qarshilikda futbolchilarimiz to‘liq oq rangdagi libosda harakat qiladi. O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni esa maydonga yashil rangdagi libosda tushadi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston va Eron milliy jamoalari shu paytga qadar o‘zaro 18 marta to‘qnash kelgan. E’tiborlisi, Eron milliy jamoamiz tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan raqib hisoblanadi. Tomonlar 2025 yilning o‘zida ham mart, sentyabr va noyabr oylarida uch marta kuch sinashgan.
Shuningdek, Eronga qarshi uchrashuv O‘zbekiston milliy jamoasi uchun ushbu yilda Osiyo vakiliga qarshi o‘tkaziladigan ilk bahs bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Eron uchrashuvi bugun, 24 sentyabr kuni soat 19:00 da start oladi. Bahs Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi