Bugun
27
O'zbek

Tuhel: «Men uchun Keyn — «Oltin to‘p» sohibi»

Futbol
24 sentabr, 15:44
2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Tuhel: «Men uchun Keyn — «Oltin to‘p» sohibi»
Фото: Getty Images

Angliya bosh murabbiyi Tomas Tuhel hujumchi va milliy jamoa sardori Harri Keyn 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Men uchun Harri Keyn bu yil «Oltin to‘p»ga eng loyiq futbolchi. Keyn 70 dan ortiq gol urdi, «Bavariya» bilan uchta sovrinni qo‘lga kiritdi. Jahon chempionati va Chempionlar Ligasida yarimfinalga qadar yetib bordi», - deya Tuhelning so‘zlarini keltiradi ITV Sport.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. O‘tgan yilda sovrinni «PSJ» forvardi Usmon Dembele qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, g‘olib FIFA reytingidagi eng kuchli 100 ta mamlakat vakili bo‘lgan 100 nafar jurnalistning ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar