Bugun
27
O'zbek

«Ularda gol uradigan hujumchi yo‘q» — Jerrard «Tottenhem»ning asosiy muammosini haqida

Futbol
23 sentabr, 04:30
    7
«Liverpul»ning sobiq futbolchisi londonliklarning ushbu mavsumdagi o‘yini va yetishmayotgan jihat haqida fikr bildirdi.
 «Ularda gol uradigan hujumchi yo‘q» — Jerrard «Tottenhem»ning asosiy muammosini haqida
Foto: Getty Images
10.10.2026, 12:30 Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted - : - Tottenhem Tottenhem

Jerrardning ta’kidlashicha, Roberto De Zerbi boshqaruvidagi londonliklar o‘yinida ma’lum darajada o‘sish ko‘zga tashlanmoqda. Biroq jamoaga muntazam ravishda gol ura oladigan markaziy hujumchi yetishmayapti.

«Menimcha, «Tottenhem»ning o‘yinida ma’lum bir rivojlanish bor, ammo bu jamoaga sof forvard yetishmayapti. Ularda gol uradigan hujumchi yo‘q. Hujum chizig‘ida qiziqarli futbolchilar bor, biroq bir mavsumda 20 ta golni kim uradi?» — dedi Jerrard TNT Sports efirida.

«Tottenhem» Angliya Premyer-ligasining dastlabki besh turidan so‘ng atigi ikki ochko jamg‘argan va turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda. London klubi ushbu mavsumda hozircha raqiblar darvozasiga yetarlicha xavf sola olmayapti.

De Zerbi jamoasi navbatdagi bahsini safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tkazadi. «Tottenhem» mazkur bellashuvda ochkolar jamg‘arib, turnir jadvalidagi holatini yaxshilashga urinadi.

Ma’lumot uchun, «Tottenhem»ning keyingi bahsi Angliya Premyer-ligasining 6-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar