«Fulhem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Natijadan xafaman. G‘alabaga juda yaqin edik, ammo uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay, shu ruhda davom etishimiz kerak. Bu oy biz uchun qiyin kechishini, chempionatning kuchli jamoalariga qarshi bir qator uchrashuvlar o‘tkazishimizni oldindan bilardik.
Futbolchilarim o‘z vazifalarini juda yaxshi bajarishmoqda. Bugun ular kuchli raqibga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Biz raqib g‘alaba qozonish zarurati tufayli bosim ostida ekanini bilardik. Shuning uchun maydonda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik va g‘alabaga juda yaqin keldik.
Bilaman, hozir hisobimizda atigi ikki ochko bor. Ammo uzoq muddatli istiqbolda shunday futbol namoyish etishda davom etsangiz, oxir-oqibat o‘zingizga munosib natijalarni qo‘lga kiritasiz», — deya Arbeloaning so‘zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.