Live
11
O'zbek

«MYU» Kerrikni iste’foga chiqarmoqchi emas

Futbol
19 sentabr, 08:15
Manchester klubi rahbariyati bosh murabbiyni almashtirishni rejalashtirmayapti va jamoada barqarorlikka erishmoqchi.
«MYU» Kerrikni iste’foga chiqarmoqchi emas
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» ayni paytda bosh murabbiy Maykl Kerrikning o‘rniga boshqa mutaxassis izlamayapti. The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, 45 yoshli murabbiy «qizil iblislar» safida faoliyatini davom ettiradi va klub rahbariyati uning ishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Manbaga ko‘ra, «MYU»ning sport direktori Jeyson Uilkoks Kerrikning kelajagini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Uilkoks jamoada murabbiylar shtabi va futbolchilar tarkibida barqarorlikni ta’minlash tarafdori ekani qayd etilgan.

Kerrik boshchiligidagi jamoa 16-sentabr kuni Angliya Liga kubogi 1/16 finalida «Brayton»ga qarshi bahsda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Manchester Yunayted» bahs davomida 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq ikkinchi bo‘limda uchta gol o‘tkazib yubordi.

Shunga qaramay, mazkur mag‘lubiyat Kerrikning lavozimiga hozircha ta’sir ko‘rsatmagan. «Manchester Yunayted» rahbariyati murabbiyga jamoani barqaror holatga olib chiqish uchun vaqt bermoqchi.

Angliya Premyer-ligasining dastlabki to‘rt turidan so‘ng «Manchester Yunayted» 4 ochko jamg‘argan va turnir jadvalining 13-o‘rnini egallab turibdi. «Qizil iblislar» navbatdagi bahsini 20-sentabr kuni safarda «Fulhem»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar