Live
8
O'zbek

Yamal: «Real»ning o‘yinlarini kuzataman, ammo doim ularning mag‘lub bo‘lishini xohlayman

Futbol
19 sentabr, 05:30
«Barsa» ving eri Yevropaning qaysi klublari o‘yinlarini kuzatib borishi haqida gapirdi.
Yamal: «Real»ning o‘yinlarini kuzataman, ammo doim ularning mag‘lub bo‘lishini xohlayman
Foto: Getty Images

«Barselona» ving eri Lamin Yamal Yevropaning qaysi klublari o‘yinlarini kuzatib borishi haqida gapirdi.

«Real»ning o‘yinlarini kuzataman. Lekin gap «Real» haqida ketganda, doim ularning mag‘lub bo‘lishini xohlayman.

«PSJ»? Ularni Chempionlar Ligasida kuzataman, chunki raqibni qanday bosim ostiga olib, o‘yinda ustunlik qilishini tomosha qilishni juda yaxshi ko‘raman. Albatta, raqib Chempionlar Ligasida o‘ynayotgan bo‘lsa, demak, u haqiqatan ham juda yaxshi va kuchli jamoa.

«PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi o‘tgan mavsumdagi o‘yin esa aqlbovar qilmas darajada bo‘ldi», — dedi Yamal Movistar’ga bergan intervyusida.

Avvalroq Yamal «Bavariya» o‘yinlarini tomosha qilishni yoqtirmasligi haqida gapirib o‘tgandi. Bunga sabab sifatida ispaniyalik futbolchi myunxenliklar doim raqiblaridan yaqqol ustunlik qilayotgandek taassurot paydo bo‘lishini ko‘rsatgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar