«Barselona» vingeri Lamin Yamal nima uchun «Bavariya» o‘yinlarini tomosha qilishni unchalik yoqtirmasligini tushuntirdi. 19 yoshli futbolchining fikricha, myunxenliklar raqiblaridan juda ustun bo‘lgani sabab ko‘p uchrashuvlarda intriga yetishmaydi.
«Rostan ham «Bavariya» o‘yinlarini tomosha qilishni yoqtirmayman. Ular o‘z chempionatida ustunlik qilishini shusiz ham bilaman. Bu tushunarli.
Hatto Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida ham odatda «Bavariya» o‘yinlarini ko‘rmayman. Chunki ular doim raqiblaridan yaqqol ustunlik qilayotgandek taassurot paydo bo‘ladi», — dedi Yamal.
Ma’lumot o‘rnida, Vensan Kompani shogirdlari Bundesliganing 4-turi doirasida Berlinning «Union» jamoasini yirik 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuvda Olise het-trik, Keyn esa dubl qayd etdi. Yana ikki golni Musiala hamda Saybari o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.