Live
1
O'zbek

Tsarukyan: «Topuriya Geyjiga qarshi revanshga loyiq emas»

MMA
19 sentabr, 02:05
Arman Iliya uchun chempionlik jangidan avval osonroq raqib berish kerakligini aytdi.
Tsarukyan: «Topuriya Geyjiga qarshi revanshga loyiq emas»
Foto: Getty Images

UFC yengil vazn jangchisi Arman Tsarukyan Iliya Topuriyani Jastin Geyjiga qarshi revansh olishga noloyiq deb hisoblaydi.

«Menimcha, Topuriya revanshga loyiq emas. Jang teng kurashlar ostida kechmadi. Jastin uni shunchaki do‘pposladi va muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Agar jang hakamlar qarori bilan yakunlanganida, revansh mantiqli bo‘lardi. Hatto Topuriyaning o‘zi uchun ham bu yaxshi jang emas.

Unga avval osonroq raqib berish kerak. G‘alaba bilan qaytganidan keyin chempionlik uchun jang qilishi mumkin», — dedi Tsarukyan.

Ma’lumot o‘rnida, Jastin Geyji va Iliya Topuriya o‘rtasidagi jang 2026 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan. Unda Geyji texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

O‘shanda shifokorlar ko‘plab zarbalar qabul qilgan Topuriyaga 4-raunddan so‘ng jangni davom ettirishga ruxsat bermagan va UFCning yengil vazndagi sobiq chempioniga texnik nokaut yozilgan.

Bugungi yangiliklar