Live
1
O'zbek

«Liverpul» Endo bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

Futbol
19 sentabr, 03:30
Wataru «Liverpul»ga 2023-yilda «Shtutgart»dan 16 million funt evaziga qo‘shilgan.
«Liverpul» Endo bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor
Фото: Getty Images

«Liverpul» klubi rahbariyati yarim himoyachi Wataru Endoni qishki transfer oynasida sotib yuborish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda GiveMeSport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub 33 yoshli yapon futbolchisi bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqadi.

Endoning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi. Shu sabab klub futbolchini yozda tekinga qo‘yib yuborish o‘rniga, yanvar oyida uning transferidan ma’lum miqdorda mablag‘ ishlab olishni maqsad qilmoqda. Hozircha muzokaralar boshlangan yoki aniq taklif kelib tushgani haqida ma’lumot yo‘q.
Bu mavsumda u Angliya Premyer-ligasida hali bir daqiqa ham maydonga tushmagan. Shuningdek, klub futbolchini Chempionlar ligasi uchun qaydnomasiga ham kiritgan emas.

Ma’lumot uchun, Wataru «Liverpul»ga 2023-yilda «Shtutgart»dan 16 million funt evaziga qo‘shilgan. Bu vaqt davomida barcha turnirlar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar