Live
1
O'zbek

«Manchester Siti» va «Liverpul» Nmecha uchun da’vogarlik qilmoqda

Futbol
18 sentabr, 18:27
Feliksning «Borussiya D» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
«Manchester Siti» va «Liverpul» Nmecha uchun da’vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» va «Liverpul» jamoalari «Borussiya D» yarim himoyachisi Feliks Nmechaning xizmatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ingliz klublari germaniyalik 25 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Nmechaning transferi qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

Buning uchun da’vogarlar Feliks bo‘yicha kamida 80–90 million yevro miqdorida taklif bilan chiqishi kerak bo‘ladi. «Asalarilar» futbolchisiga bo‘layotgan qiziqishlarga hali hech qanday munosabat bildirmagan.

Avvalroq «Manchester Yunayted» jamoasi Nmechaga qiziqish bildirgan. Biroq klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga yetmagandi.

Bu mavsumda futbolchi Bundesliga doirasida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning «Borussiya D» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar