«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska himoya markazini muammoli pozitsiyalardan biri sifatida ko‘rmoqda. Ruben Diash o‘zining eng yaxshi darajasini ko‘rsata olmayapti, Abduqodir Husanov, Mark Gehi va Vitor Reys esa jamoa ustozini to‘liq ishontira olmayapti. Mareska klubdan himoyachiga sarmoya kiritishni so‘radi va «Barselona»dan Pau Kubarsi nomzodini tavsiya qildi.
The Independent nashrining xabar berishicha, «Manchester Siti» Kubarsi uchun juda katta pul taklif qilishi mumkin. Biroq, «Barselona» o‘yinchi uchun eshikni yopib qo‘ygan: himoyachi bo‘yicha hech qanday transfer takliflari ko‘rib ham chiqilmaydi. Nazariy jihatdan Kubarsini «ko‘k-anorranglilar»dan faqat tovon puli orqali sotib olishi mumkin. Xuddi Neymar bilan bo‘lgani singari.

Nufuzli Transfermarkt portali 19 yoshli Pau Kubarsining aktual transfer narxini 100 million yevroga baholamoqda.