Live
6
O'zbek

Keyn «Oltin to‘p»ni yutish imkoniyatlari haqida: «Men faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazdim»

Futbol
18 sentabr, 07:00
    15
Angliyalik hujumchi o‘tgan mavsumdan mamnun ekanligini yashirib o‘tirgani yo‘q.
Keyn «Oltin to‘p»ni yutish imkoniyatlari haqida: «Men faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazdim»
Foto: Gettyimages

«Bavariya» klubi va Angliya milliy jamoasi forvardi Harri Keyn «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

«Men hech qachon o‘zim haqimda ko‘p gapirishni yoqtirmaganman. Faqat bitta narsa deyishim mumkin: o‘tgan mavsum shaxsiy frontda ham, jamoaviy frontda ham juda ajoyib bo‘ldi. Shubhasiz, bu faoliyatim davomidagi eng muvaffaqiyatli mavsum edi. 73 ta golga ortiqcha izoh shart bo‘lmasa kerak. Bu futbol tarixida Messining natijasidan keyingi (2011/12-yilgi mavsumda 82 ta gol) eng yaxshi ko‘rsatkich. Shubhasiz, bu bilan faxrlanaman», — dedi Keyn MARCA nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, hujumchi «Oltin to‘p» sovrini so‘rovnomasiga hech qanaqasiga ta’sir ko‘rsata olmasligini ta’kidlab, o‘tgan mavsum — endi tarixligini qo‘shimcha qildi. Hozir Angliya milliy jamoasi sardorining bor e’tibori boshlangan mavsumga qaratilgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar