Bugun
35
O'zbek

Mbappe: «Krishtianu, Zidan yoki Ronaldo...»

Futbol
18 sentabr, 04:30
Kilian o‘zi «Real»ga qaytarishni istaydigan 3 nafar futbolchi kimligini aytdi.
Mbappe: «Krishtianu, Zidan yoki Ronaldo...»
Foto: Gettyimages

«Real Madrid»ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe imkoniyati bo‘lganida qaysi futbolchi bilan shartnoma imzolashini ma’lum qildi.

«Krishtianu [Ronaldu], Zidan yoki Ronaldo, agar ular qaytib kela olsalar... Krishtianu qaytib kelishi mumkin edi. Zizu hali ham vaqti-vaqti bilan o‘ynaydi. Ronaldo esa... klass hech qachon yo‘qolmaydi. Ular «Real»ning haqiqiy timsollari. Ular juda ko‘p narsa berishdi va hali ham Madrid muxlislarida katta hurmat uyg‘otadi», - deya Mbappening so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS.

Ma’lumot uchun, bu mavsum Mbappe barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining aktual transfer narxi 200 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar