Bugun
39
O'zbek

Angliya Liga kubogi. «Siti» «Norvich»ni tor-mor etib, keyingi bosqichga chiqdi

Futbol
17 sentabr, 16:19
O‘yinda Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi.
Angliya Liga kubogi. «Siti» «Norvich»ni tor-mor etib, keyingi bosqichga chiqdi
Фото: Getty Images
17.09.2026 FT Angliya Liga kubogi Manchester Siti Manchester Siti 5 : 0 Norvich Norvich

Angliya Liga kubogi 3-bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv yakunlandi. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Norvich»ga qarshi bellashib, 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

17 yoshli Samba bellashuvda dublni rasmiylashtirdi. Sherki, Allan va Makaydu ham bittadan gol urdi. Braziliyalik futbolchi uchun bu «shaharliklar» libosidagi ilk golga aylandi. APL

Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi. «Manchester Siti» nimchorakfinalda «Brayton»ga qarshi o‘ynaydi. «Chaykalar» 3-bosqichda «Manchester Yunayted»ni turnirdan chiqarib yuborgandi.

Angliya Liga kubogi. 3-bosqich.
Manchester Siti – Norvich 5:0
Gollar:
Samba 29, 54, Sherki 32, Allan 48, Makaydu 90.
Manchester Siti
– Ruli, ABDUQODIR HUSANOV, Reys, O’Rayli, Luis, Kovachich, Buaddi, Allan (Breytuey, 71), Samba, Ait-Nuri, Sherki (Makaydu, 46).
Norvich – Grimshou, Fisher, Darling, Alvesh, Yongva, Rayt, Fild, Tsrnats, Slimane (Ture, 71), Diallo (Mag‘oma, 46) Kvistgarden.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Norvich Norvich
  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar