Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyachisi Aleksandr Pavlovich yozgi transfer oynasida «Manchester Siti» qiziqish doirasida bo‘lgan. Bu haqda Bayern & Germany xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi ingliz klubining qiziqishidan foydalanib, yangi shartnoma bo‘yicha «Bavariya» rahbariyatiga bosim o‘tkazmagan. Pavlovich ayni paytda Myunxen klubida faoliyatini davom ettirmoqda.
Yarimhimoyachining «Bavariya» bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. U yiliga soliqlar chegirilmagan holda 8 million yevro maosh oladi.
Pavlovich ushbu mavsum Germaniya chempionatida uchta bahsda maydonga tushib, birta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.