Live
1
O'zbek

«Real» «MYU» iqtidoriga qiziqish bildirmoqda

Futbol
16 sentabr, 03:30
15 yoshli futbolchi Manchesterni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
«Real» «MYU» iqtidoriga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi hujumchisi Jey-Jey Gabriel faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 15 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etmoqchi ekanini «Manchester Yunayted»ga bildirgan. Ayni paytda Gabriel uchun kurashda «Real» yetakchilik qilmoqda.

Angliyalik futbolchiga «Barselona», «PSJ» va «Bavariya» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan. «Manchester Yunayted» esa uni jamoada olib qolishga urinmoqda.

Qayd etilishicha, mankunianliklar Gabrielni ushbu mavsumda asosiy jamoada sinab ko‘rishni rejalashtirgan. Hujumchi joriy mavsum yoshlar jamoasi safida uchta bahsda beshta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar