Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 6-turida «Elche»ga qarshi bahsda yana gol urdi.
Fransiyalik futbolchi 33-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa 27 yoshli hujumchi ushbu mavsum chempionatdagi 6 ta bahsda 7 ta gol urdi.
Mister Chip ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe «Real» tarixida La Liganing dastlabki 6 ta bahsida kamida 7 ta golni ketma-ket ikki mavsumda urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bu natijaga faqat Prudensio 1945 va 1946 yillarda hamda Ugo Sanches 1986 va 1987 yillarda erishgan.
«Real» tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu esa faoliyati davomida bunday natijani qayd eta olmagan.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2024 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi