Live
1
O'zbek

Mourinio: «Menda futbolchilarga nisbatan faqat bitta e’tiroz bor»

Futbol
16 sentabr, 00:30
    10+
«Real» bosh murabbiyi «Elche»ga qarshi bahsda jamoasi qo‘ldan chiqargan imkoniyatlar haqida gapirdi.
Mourinio: «Menda futbolchilarga nisbatan faqat bitta e’tiroz bor»
Foto: Getty Images
15.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Elche Elche 2 : 3 Real Madrid Real Madrid

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio La Liganing 6-turida «Elche» ustidan qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi.

«Qaymoqranglilar» uzoq vaqt davomida 2:0 hisobida oldinda borishdi, biroq bahs oxirida raqibga hisobni tenglashtirishga imkon berishdi. 91-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Karlos Espi «Real»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

«Futbolchilarga nisbatan yagona e’tirozim — shunday imkoniyatlar yuzaga kelganda bahsni yakunlay olishmayapti. Asabiy yakun uchun hech qanday sabab yo‘q edi. Yana bir necha bor gol urib, masalaga nuqta qo‘yishimiz mumkin edi, ammo buni uddalay olmadik va «Elche»ning bahsga qaytishiga imkon berdik.

Uch, to‘rt, beshta ajoyib imkoniyatni boy berdik. Shundan keyin oddiy kechayotgan bahs birdaniga juda murakkab tus oldi», — dedi Mourinio Madrid Zone nashriga.

Ma’lumot uchun, «Real» La Liga turnir jadvalida 15 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Elche Elche
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar