«Real» vingeri Vinisius Junior «Elche» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘zining golsiz seriyasiga munosabat bildirdi. «Qirollik klubi» ushbu bahsda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Braziliyalik futbolchi bahsni asosiy tarkibda boshladi va 68-daqiqada almashtirildi. Uchrashuvda samarali harakat qayd etmagan 26 yoshli hujumchi ketma-ket beshinchi bahsda gol ura olmadi.
«Gollar albatta keladi. Endi buncha ko‘p imkoniyatlarni boy berishim mumkin emas. Yakshanba kuni yaxshiroq bo‘ladi. Hala Madrid», — deb yozdi Vinisius ijtimoiy tarmoqlarda.
«Real» navbatdagi bahsini 20 sentabr kuni safarda «Atletiko»ga qarshi o‘tkazadi. Madrid derbisi Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.