Per-Emerik Obameyang Zlatan Ibrahimovichning natijasini takrorladi.
37 yoshli hujumchi La Ligada “Deportivo” safidagi dastlabki beshta oʻyinida ham gol urishga muvaffaqe boʻldi.
Bungacha Ispaniyada yangi jamoada bunday muvaffaqiyatli start qayd etish faqat olti nafar futbolchiga nasib qilgandi. Ularning soʻnggisi shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich boʻlgan.
Ibrahimovich “Barselona”da 2009/10 yilgi mavsum boshida ketma-ket 5 ta bahsda gol urgandi.
Eslatib oʻtamiz, gabonlik Obameyang faoliyati davomida “Borussiya D”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Barselona” va “Marsel” kabi klublarda ham oʻynagan.
Obameyang Ibrahimovichning natijasini takrorladi
Futbol
14 sentabr, 01:21
Gabonlik hujumchi “Deportivo”da muvaffaqiyatli start qayd etdi.
Foto: Getty Images