Bugun
32
O'zbek

Alvares «Real» bilan bahsda o‘ynashni istamoqda» — Marca

Futbol
15 sentabr, 04:51
«Atletiko» hujumchisi jarohatidan tiklanib, Madrid derbisida maydonga tushishga umid qilmoqda.
Alvares «Real» bilan bahsda o‘ynashni istamoqda» — Marca
Foto: Getty Images
20.09.2026, 10:15 Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid - : - Real Madrid Real Madrid

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares La Liganing 7-turida «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda maydonga tushishni istamoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi shanba kungi mashg‘ulotni noqulaylik sabab muddatidan oldin tark etgan. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik jiddiy jarohatni aniqlamagan.

Alvares 16 sentyabr kuni La Liganing 6-turida «Osasuna»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Hujumchi ushbu bahsga qadar umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazmaydi.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko»ning yana bir hujumchisi Aleksander Syorlot ham «Osasuna»ga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi. Shu sababli jamoa ixtiyorida hujum chizig‘ida faqat Jonatan Devid qolgan.

Ma’lumot uchun, Devid yozgi transfer oynasida «Yuventus»dan «Atletiko»ga o‘tgandi. Kanadalik futbolchi «Real Sosiyedad»ga qarshi bahsda jamoasi safidagi ilk golini urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar