Bugun
32
O'zbek

Dimarko: «Chempionlar ligasida yana bir bor urinib, natijani o‘zgartirmoqchiman»

Futbol
15 sentabr, 05:00
«Inter» himoyachisi ikki bor finalda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng nufuzli turnirda g‘olib chiqishni istayotganini aytdi.
Dimarko: «Chempionlar ligasida yana bir bor urinib, natijani o‘zgartirmoqchiman»
Foto: Getty Images

«Inter» himoyachisi Federiko Dimarko Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish istagi haqida gapirdi.

«Chempionlar ligasi — ko‘plab kuchli jamoalar ishtirok etadigan juda qiyin turnir. Men ushbu katta musobaqaning finalida ikki bor o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim. Ammo yana bir bor urinib, natijani o‘zgartirmoqchiman», — dedi Dimarko Il Calciatore nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Dimarko «Inter» safida 2023 va 2025 yillarda Chempionlar ligasi finalida maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi finalda «Inter» «Manchester Siti»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 2025 yilda «PSJ»ga 0:5 hisobida yutqazgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar