Italiya chempionatining 4‑turida amaldagi chempion «Inter» o‘z maydonida «Udineze»ni qabul qildi. Gollar shousiga aylangan bellashuvda mezbonlar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. Augusto, Barella, Tyuram, Espozito va Bonni bittadan golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Shu tariqa, «Inter» ochkolari sonini 12 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Roma» turli ko‘rsatkichlar evaziga jadvalni boshqarmoqda. «Udineze» 4 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.
A Seriya. 4-tur
Inter – Udineze 5:3
Gollar: Karlos Augusto 26, Barella 35, Tyuram 57, Espozito 67, Bonni 79 – Abankva 9, Ekkelenkamp 16, Guye 90+1
Inter – Martines, Akanji, Stounz (Pavar, 62), Bastoni (Dimarko, 70), Diuf, Barella, Ziyelinski (Stankovich, 82), Mxitaryan (Jons, 62), Karlos Augusto, Tyuram (Bonni, 70), Espozito.
Udineze – Okoye, Abankva, Kabasele, Eboss, Voyvoda (Bertola, 74), Karlstryom, Miller (Chakvetadze, 73), Kamara, Gomes (Guye, 61), Ekkelenkamp (Lovrich, 80), Devis.
A Seriya. «Inter» o‘z maydonida «Udineze»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Futbol
14 sentabr, 16:35
Italiya chempionatida 4-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Фото: Getty Images
14.09.2026
FT
Italiya A seriyasi
Inter
5
:
3
Udinese
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi