Live
3
O'zbek

A Seriyada oktabrning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Futbol
13 noyabr, 01:55
«Frozинone» yarimhimoyachisi Tyuram va Maktomineyni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
A Seriyada oktabrning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
Foto: Getty Images

Jakomo Kalo A Seriyaning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Frozinone» yarimhimoyachisi oy davomida o‘tkazilgan to‘rtta uchrashuvning uchtasida gol urdi. Shuningdek, u 1-noyabr kuni ham gol urib, seriyasini ketma-ket to‘rtta o‘yinga yetkazdi.

Ushbu davrda uning jamoasi ikki marta g‘alaba qozondi, bir bor durang o‘ynadi va bir marta mag‘lubiyatga uchradi.

Italiyalik 29 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda Anastasios Duvikas («Komo»), Gustav Isaksen («Latsio»), Nikola Krstovich («Atalanta»), Skott Maktominey («Napoli») va Markus Tyuram («Inter») kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Frosinone Frosinone
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar