«An Nasr» klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Bu haqda Al Nassr Zone xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik 41 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonidagi faoliyatini davom ettirmoqchi. Futbolchi tez orada klub rahbariyati bilan ushbu masalada uchrashadi. Unda o‘z istaklari va kelajak rejalari, shuningdek, shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati haqida gaplashadi.
Avvalroq Ronaldu mavsum yakunida klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianuning «An Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi. U 2023-yildan buyon Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi