Live
4
O'zbek

Ronaldu «An Nasr»ni tark etish haqida o‘ylamoqda – manba

Futbol
6 noyabr, 09:18
    46
Ronaldu 2023 yil boshidan Ar-Riyod klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Ronaldu «An Nasr»ni tark etish haqida o‘ylamoqda – manba
Фото: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni jamoasini tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda 365Scores nashri xabar berdi.

Ar-Riyod klubidagi manbalar Ronaldu joriy mavsum uning «An Nasr»dagi so‘nggi mavsumi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan. Futbolchi bu haqda klub rahbariyatini xabardor qilgan.

O‘z navbatida, klubdagilar portugaliyalik 41 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga va jamoada yana bir necha mavsum qolishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Bunga uning sport va tijorat nuqtayi nazaridan klub uchun muhim ahamiyatga egaligi sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2023 yil boshidan Ar-Riyod klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu 5 noyabr kuni Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

46 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar