A Seriya doirasida Milanning «Inter» klubi «Udineze» ustidan 5:3 hisobida zafar quchdi. Mazkur o‘yinda «neradzurri»ning turkiyalik yetakchisi Hoqon Chalxono‘g‘li jamoasiga yordam bera olmadi.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, xavbek mushaklari bilan bog‘liq jarohat tufayli maydonga tushirilmagan. Yaqin kunlarda futbolchi tibbiy tekshiruvdan o‘tadi, ana shundan keyin uning holati bo‘yicha aniq ma’lumot bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionati yangi mavsumida 32 yoshli futbolchi 3 ta o‘yinda ishtirok etdi. Chalxono‘g‘li 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Milan jamoasi 12 ochko jamg‘argan holda A Seriya musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi.