«Yuventus» markaziy himoyachisi Pyer Kalulu katta ehtimol bilan qishki transfer oynasida jamoani tark etmaydi. Bu haqda Man United News xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli fransiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq «Yuventus» yanvar oyida himoyachini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot uchun, Kalulu ushbu mavsumda Italiya A Seriyasida 4 ta bahsda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Eslatib o‘tamiz, himoyachining «Yuventus» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.