Live
6
O'zbek

«Arsenal» «Barselona» yulduzi uchun 100 million yevrodan ortiq taklif tayyorlamoqda

Futbol
15 sentabr, 06:00
London klubi Ferminning transferi uchun katta mablag‘ sarflashga va futbolchiga yuqori maosh taklif qilishga tayyor.
«Arsenal» «Barselona» yulduzi uchun 100 million yevrodan ortiq taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

«Barselona»ning hujumkor yarimhimoyachisi Fermin Lopes «Arsenal» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «to'pchilar» 23 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklarga 100 million yevrodan ortiq taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, London klubi transfer amalga oshgan taqdirda ispaniyalik futbolchiga maoshini sezilarli darajada oshirishni taklif qiladi.

Eslatib o‘tamiz, yarimhimoyachiga «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda. Biroq Ferminning ustuvor maqsadi «Barselona»da qolish. Shu bilan birga, u klubdagi qadrini his qilish uchun yuqoriroq maosh olishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Fermin ushbu mavsumda barcha turnirlarda 6 ta bahsda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar