Live
6
O'zbek

UYEFA Chempionlar ligasi 2028 va 2029-yilgi mavsum final o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar ma’lum

Futbol
15 sentabr, 05:59
    5+
Finallar Germaniya va Ispaniyadagi stadionlarda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
UYEFA Chempionlar ligasi 2028 va 2029-yilgi mavsum final o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar ma’lum
Foto: Gettyimages

UYEFA matbuot xizmati 2028-yilgi Chempionlar ligasi finali Myunxendagi «Alyans Arena»da, bir yildan so‘ng esa turnirning hal qiluvchi o‘yini Barselonadagi yangilangan «Kamp Nou» stadionida o‘tkazilishini e’lon qildi.

«Ikkita mashhur stadion! Myunxen futbol arenasi va Barselonadagi «Kamp Nou» Chempionlar ligasi finalini mos ravishda 2028 va 2029 yillarda qabul qiladi,» - deyiladi UYEFA matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining bu yilgi final o‘yini Madriddagi «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi. Turnirning amaldagi g‘olibi Fransiyaning «PSJ» jamoasi hisoblanadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar