Live
6
O'zbek

UEFA 2027–2029 yillarda Yevropa turnirlari finallari va Superkubok bahslari o‘tkaziladigan stadionlarni aniqladi

Futbol
15 sentabr, 06:22
2028 yilgi Yevropa Ligasi finaliga Buxarest, 2029 yilgi finalga esa Belgrad mezbonlik qiladi.
UEFA 2027–2029 yillarda Yevropa turnirlari finallari va Superkubok bahslari o‘tkaziladigan stadionlarni aniqladi
Foto: Getty Images

UEFA 2027–2029 yillar uchun Yevropa turnirlari finallari o‘tkaziladigan joylarni tasdiqladi. Tashkilotning rasmiy saytida bu haqda ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, 2028 yilgi UEFA Superkubogi ilk bor Qozog‘istonda o‘tkaziladi. Hal qiluvchi bahs Astanadagi «Astana Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. 2027 yilgi Superkubok esa Amsterdamdagi «Yohan Kroyff Arena»da tashkil etiladi.

Shuningdek, 2028 yilgi Chempionlar Ligasi finali Myunxendagi «Alyans Arena»da, 2029 yilgi final esa Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida o‘tkaziladi.

2028 yilgi Yevropa Ligasi finaliga Buxarest, 2029 yilgi finalga esa Belgrad mezbonlik qiladi. Konferensiyalar Ligasi finallari mos ravishda Turin va Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.

Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 2028 yilda Lionda, 2029 yilda Kardiffda o‘tkaziladi. Mini-futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasi finali esa 2027 yilda Shveysariyada tashkil etiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
  • Konferensiyalar ligasi Konferensiyalar ligasi
  • UEFA Superkubogi UEFA Superkubogi
Bugungi yangiliklar