Live
6
O'zbek

Grilish bir qarorga keldi

Futbol
15 sentabr, 06:40
Angliyalik vinger yozda «Manchester Siti»ga qaytish o‘rniga «Everton» bilan doimiy shartnoma imzolashni istamoqda.
Grilish bir qarorga keldi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» vingeri Jek Grilish faoliyatini «Everton»da davom ettirishni xohlamoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi ushbu mavsumni ijara asosida o‘tkazayotgan «Everton»ga kelasi yozda doimiy ravishda qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Unga «Aston Villa» ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Grilish ushbu mavsumda «Everton» safida APLning 2 ta bahsida maydonga tushdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Futbolchi mavsum davomida «irislar» rahbariyati va murabbiylar shtabini jamoada qolishga munosib ekaniga ishontirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Grilishning «Manchester Siti» bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Shu sababli u yozda erkin agentga aylanishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar