Live
1
O'zbek

Laporta: «Kamp Nou»da Chempionlar Ligasi finalini o‘tkazish katta faxr»

Futbol
15 sentabr, 07:15
«Barselona» prezidenti 2029 yilgi YCHL finalining «Kamp Nou» stadionida o‘tkazilishidan mamnunligini bildirdi.
Laporta: «Kamp Nou»da Chempionlar Ligasi finalini o‘tkazish katta faxr»
Foto: Getty Images

«Barselona» prezidenti Joan Laporta UEFAning 2029 yilgi Chempionlar Ligasi finalini «Spotify Kamp Nou» stadionida o‘tkazish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.

«Bu «Barselona» va klubning barcha muxlislari uchun katta faxr. Mazkur qaror yangilangan «Kamp Nou» stadionining xalqaro miqyosda e’tirof etilganini anglatadi. Arena muxlislar uchun xizmat ko‘rsatish sifati, texnologiyalar, aloqa imkoniyatlari va qulayliklar borasida jahon darajasidagi stadion sifatida o‘zini namoyon qilmoqda.

UEFAning sayyoradagi eng muhim futbol voqealaridan birini ushbu stadionga ishonib topshirgani loyihaning ko‘lami va ulkan maqsadlarini ko‘rsatadi. Bu qaror stadionning Barselonaning yangi ramziy maskani va xalqaro miqyosdagi namunaviy arena sifatidagi maqomini mustahkamlaydi», — dedi Laporta klub rasmiy saytiga.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Ijroiya qo‘mitasi 15 sentyabr kuni 2029 yilgi Chempionlar Ligasi finalini «Spotify Kamp Nou»da o‘tkazishga qaror qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar