«Barselona» klubi sobiq himoyachisi Jerar Pike «Oltin to‘p» uchun kurashda favoritlar uchligini ma’lum qildi. Uning fikriga ko‘ra, sovrin uchun asosiy nomzodlar uchligiga ushbu futbolchilar kiradi: «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi a’zolari Lamin Yamal va Rodri hamda Angliya milliy jamoasi va «Bavariya» forvardi Harri Keyn.
«Men uchun uch nafar favorit Harri Keyn, Lamin Yamal va Rodri», — deya Pike so‘zlaridan iqtibos keltirdi Daily Sport.
Ma’lumot uchun, 2026-yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 2026 yil 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. «Oltin to‘p» har yili Fransiyaning «France Football» jurnali tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, mukofotning amaldagi sohibi «PSJ» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi.