Live
2
O'zbek

Flik: «Yamal bizning futbolchimiz, uni qo‘llab-quvvatlaymiz»

Futbol
15 sentabr, 08:00
«Barselona» bosh murabbiyi Laminning «Oltin to‘p» uchun kurashini e'tirof etdi.
Flik: «Yamal bizning futbolchimiz, uni qo‘llab-quvvatlaymiz»
Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klubning Lamin Yamalni «Oltin to‘p» uchun qo‘llab-quvvatlayotgani haqida fikr bildirdi.

«Nega bunday qilmasligimiz kerak? Bu bizning futbolchimiz va biz o‘z futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Har doim shunday bo‘lgan. Men o‘ziga ishongan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlayman. Hozir esa yaxshi o‘yin namoyish etyapmiz.

Bu bizning futbolchilarimiz. Men har kuni mashg‘ulotlarda ularning jamoaga qanday hissa qo‘shayotganini ko‘raman. Albatta, ularni bemalol qo‘llab-quvvatlay olaman», — dedi Flik AS nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Flik avval ham Yamal «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanini ta’kidlab, 19 yoshli futbolchini o‘ziga xos va alohida futbolchi deb atagandi.

Ma’lumot uchun, Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod qatoridan joy olgan. Taqdirlash marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar