«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik xalqaro tanaffusning bu yil odatdagidan uzoqroq davom etishi haqida fikr bildirdi.
«Men bu vaziyatni o‘zgartira olmayman. Klub uchun bu eng yaxshi vaziyat emas, ammo biz buni qabul qilishimiz va milliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Biz qila oladigan yagona narsa shu», — dedi Flik matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro tanaffusgacha «Barselona» La Ligada ikkita bahs o‘tkazadi. Kataloniyaliklar 16 sentyabr kuni «Rasing», 19 sentyabr kuni esa «Sevilya» bilan bahs olib boradi.
Shundan so‘ng «Barselona» navbatdagi bahsini faqat 10 oktabr kuni o‘tkazadi.