Live
6
O'zbek

Erik Garsiya «Oltin to‘p» haqida: «Men uchun barchasi kundek ravshan»

Futbol
15 sentabr, 09:41
Kataloniyaliklar klubi himoyachisi bu yil qaysi futbolchi sovringa loyiqligi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Erik Garsiya «Oltin to‘p» haqida: «Men uchun barchasi kundek ravshan»
Foto: Gettyimages

«Barselona» klubi himoyachisi Erik Garsiya «Oltin to‘p» sovrinini bu yil kimga topshirilishi haqida gapirdi.

Nominantlar TOP-30ga Kataloniya klubining bor yo‘g‘i 2 futbolchisi kiritildi – 19 yoshli Lamin Yamal va Pau Kubarsi.

«O‘ylashimcha, «Oltin to‘p»ni Lamin Yamalga berishlari kerak. Bu borada umuman shubham yo‘q. Pedri va Rafinyaning o‘ttiztalikda yo‘qligi – bu aql bovar qilmaydigan narsa, lekin biz bularning barchasi qanday sodir bo‘lishini bilamiz. Ro‘yxatga Kubarsi kiritilganidan juda ham xursandman, sababi u bunga chinakamiga loyiq. Dani [Olmo] ham nomzodlar qatorida bo‘lishi mumkin edi, xuddi fantastik mavsum o‘tkazgan Fermin [Lopes] singari», – deya Erika Garsiya so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar