Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek «Real» qiziqishlari doirasiga yana tushdi. Bu haqda BILD xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga jami olti klub qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Real» ham bor. Shlotterbekning shartnomasida 60 million yevrolik tovon puli mavjudligi transferni amalga oshirishni osonlashtirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, nemis himoyachisi ushbu mavsumda Bundesliganing faqat bitta bahsida maydonga tushdi. U dastlabki bahslarni jarohati sabab o‘tkazib yuborgan.
Ma’lumot uchun, Shlotterbekning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyunigacha mo‘ljallangan.