«Real» sobiq hujumchisi Xoselu o‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng erkin agentga aylangandi.
36 yoshli futbolchi Qatarning «Al G‘arafa» klubini tark etdi va hozirga qadar yangi jamoa topgani yo‘q. Fichajes nashrining xabar berishicha, yaqinda hujumchining xizmatlari «Valensiya»ga taklif qilingan.
Bungacha esa Xoseluga Frankfurtning «Ayntraxt» va Berlinning «Union» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Xoselu ikki yil davomida «Al G‘arafa» sharafini himoya qildi. Bungacha u «Real», «Espanyol», «Alaves», «Nyukasl», «Stok Siti», «Hannover» va boshqa klublarda to‘p tepgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi