«Barselona» yarimhimoyachisi Rodri Ernandes «Real»ga o‘tishni rad etgani haqida gapirdi.
Rodri hali «Manchester Siti» safida o‘ynayotgan paytda birinchi bo‘lib «Real» unga qiziqish bildirgandi. Biroq yakunda «ko‘k-anorranglilar» 30 yoshli futbolchini ashaddiy raqibidan ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
«Real»ga «yo‘q» deyish oson bo‘lmadi, ayniqsa klubning menga bo‘lgan yaxshi munosabatini hisobga olsak. Men ko‘plab omillarni inobatga oldim va dunyoning eng yaxshi ikki klubi o‘rtasida tanlov qilib, muhim qaror qabul qildim.
Tanlovim sport jihatlari bilan bog‘liq edi. «Barselona»ning loyihasi meni ilhomlantirdi va u yerga o‘tsam, g‘alaba qozonishim hamda futbolchi sifatida o‘sishim mumkinligini his qildim», — dedi Rodri.
Ma’lumot o‘rnida, Kataloniya klubi 18 avgust kuni jahon chempioni Rodri bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi