«Real» vingeri Rodrigo xochsimon paylari uzilishidan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
Yaqinda futbolchining otasi Rodrigo yangi yilning fevral oyiga qadar safga qaytishini ma’lum qilgandi. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchining o‘zi dekabr oyi o‘rtalariga qadar to‘liq tiklanib, maydonga qaytishni rejalashtirmoqda. Aynan shu vaqtda «qirollik klubi» Ispaniya kubogidagi ishtirokini boshlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Rodrigo mart oyi boshida og‘ir jarohat olgandi. U 2019 yilda «Santos»dan «Real»ga o‘tganidan buyon Madrid klubi safida 297 ta uchrashuvda maydonga tushib, 71 gol urgan va 57 assist amalga oshirgan.
Avvalroq futbolchi tizzasidagi ushbu og‘ir jarohatdan keyin operatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi