Bugun
32
O'zbek

Rodrigo jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi

Futbol
10 mart, 07:58
«Real» hujumchisi tizzasidagi og‘ir jarohatdan keyin operatsiya qilindi.
Rodrigo jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Foto: goal.com

Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigo Goes o‘ng oyog‘idagi oldingi xochsimon bog‘lama va tashqi menisk yorilishi sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Operatsiya «Real» tibbiy xizmati nazorati ostida o‘tkazildi. Yaqin kunlarda futbolchi tiklanish jarayonini boshlaydi.

Rodrigo ushbu jarohatni Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida «Xetafe»ga qarshi bahsda (0:1) olgan edi. Futbolchi shikastlanishiga qaramay o‘yinni davom ettirdi — u «Santyago Bernabeu»da o‘tkazilgan bahsda 55-daqiqada maydonga tushib, o‘yinni oxirigacha yakunlagan.

Ushbu mavsumda braziliyalik hujumchi barcha musobaqalarni hisobga olganda 27 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.

Bugungi yangiliklar