Bugun
32
O'zbek

Mamardashvili «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda «Liverpul» darvozasini qo‘riqlaydi

Futbol
15 sentabr, 03:00
Iraola gruziyalik posbonga imkon berishini ma’lum qildi.
Mamardashvili «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda «Liverpul» darvozasini qo‘riqlaydi
Foto: Getty Images
15.09.2026, 15:00 Angliya Liga kubogi Liverpul Liverpul - : - Tottenhem Tottenhem

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoadagi darvozabonlar o‘rtasidagi raqobat haqida fikr bildirdi va Georgiy Mamardashviliga imkon berishini ma’lum qildi.

«Alisson o‘z saviyasini isbotlagan, u juda yaxshi o‘ynamoqda. Lekin men Georgiyni ham yuqori baholayman.

Uni Ispaniyadagi o‘yinlaridan yaxshi bilaman. «Liverpul»ga kelishimdan oldin uni «Bornmut»ga olib kelishga harakat qilgandim.

U juda yaxshi darvozabon. Georgiy «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi», — dedi Iraola.

Ma’lumot o‘rnida, bu mavsum Alisson barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol o‘tkazib yubordi va 2 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Mamardashvili esa hali maydonga tushmadi.

«Liverpul» va «Tottenhem» o‘rtasidagi Angliya Liga Kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi uchrashuv 15 sentabrdan 16 sentabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Bugungi yangiliklar