Angliya Liga kubogi 3-bosqich doirasida bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi. «Nyukasl» safarda «Milluol»ni minimal hisobda mag‘lub etdi. Uillok yagona golga mualliflik qildi.
«Kristal Pelas» Londonda «Midlsbro» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Sanderlend» esa «Hall Siti»ni turnirdan chiqarib yubordi.
Angliya Liga kubogi. 3-bosqich
Milluol – Nyukasl 0:1
Gol: Uillok 81.
Kristal Pelas – Midlsbro 3:0
Gollar: Larsen 37, 53, Kamada 72.
Sanderlend – Hall Siti 1:0
Gol: Talbi 71.
Bornmut – Linkoln 4:0
Gollar: Kristi 7, 69, 88, Rayyan 90+4