«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Portu» ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.
«Birinchi va ikkinchi bo‘limlarda ham g‘alaba qozonish uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdik. Menimcha, biz bunga loyiq edik. Raqibga deyarli hech narsa qilishga imkon bermadik. Ayniqsa, ushbu stadionda ko‘rsatgan o‘yinimizdan mamnunman, bu yerda doim o‘ynash qiyin», — deya Mareskaning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.
«Manchester Siti» safarda «Portu»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Erling Holand 47 va 90+1-daqiqalarda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Keyingi turda «Portu» safarda «Betis»ga, «Manchester Siti» esa o‘z maydonida «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi. Har ikki bahs 14-oktyabr kuni o‘tkaziladi.