Bugun
50
O'zbek

«4:0 yoki 5:0 hisobida oldinda bo‘lishimiz mumkin edi» — Mourinio «Inter» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida

Futbol
8 sentabr, 23:00
    20+
Madridliklar bosh murabbiyi jamoasining pressingdagi harakatlarini alohida e’tirof etdi.
«4:0 yoki 5:0 hisobida oldinda bo‘lishimiz mumkin edi» — Mourinio «Inter» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida
Foto: Getty Images
08.09.2026 FT Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid 2 : 1 Inter Inter

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Inter» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.

«Menimcha, futbolchilar fantastik ishni amalga oshirdi va og‘ir sharoitda qiyin bahsda g‘alaba qozondi. Bu zerikarli bahs bo‘lmadi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida 3:0 hisobida oldinda bo‘lishimiz mumkin edi va ehtimol hisobni 4:0 yoki 5:0 ga yetkazishimiz mumkin edi. Futbolchilarimni maqtamoqchiman, chunki pressing — jamoa mashg‘ulotlarda ishlaydigan jihat. Biz pressing qilish uchun vaziyatlarni tanlaymiz, qanday, qayerda va qaysi futbolchilarga qarshi pressing qilishni belgilaymiz», — deya Mourinioning so‘zlarini Madrid Universal X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida keltirmoqda.

Keyingi turda «Real» 14-oktyabr kuni safarda «Roma»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Inter Inter
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar