Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio tarkibini «Inter» markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni bilan kuchaytirishni niyat qilgandi. Bu haqda Diario AS xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Milan klubi futbolchisi uchun 70 million yevro talab qilgan.
Biroq transfer amalga oshmasligining asosiy sabablari sifatida talab etilgan pul miqdori keltirilmagan — bunga Ibraima Konatening Madridga kelishi hamda Raul Asensioning «Real»da qolgani asosiy to‘siq sifatida aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, La Liga 4-turidan keyin «qaymoqranglilar» 9 ochko bilan jadvalning uchinchi pog‘onasidan o‘rin egallagan. Yetakchi «Barselona» bilan farq 3 ochkoni tashkil qilmoqda.