Live
2
O'zbek

«Arsenal» va «Manchester Yunayted» Shvetsiya milliy jamoasi himoyachisi uchun kurashadi

Futbol
8 sentabr, 06:11
«Borussiya» klubi himoyachisi Daniel Svensson faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
«Arsenal» va «Manchester Yunayted» Shvetsiya milliy jamoasi himoyachisi uchun kurashadi
Фото: Gettyimages

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Daniel Svensson faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Germaniyaning Fussballdaten nashri xabar berishicha, 24 yoshli shvetsiyalik xizmatlariga «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqib qolgan. Bundan tashqari futbolchi atrofidagi vaziyatni Italiyaning «Milan» va «Yuventus» jamoalari ham kuzatib bormoqda.

Biroq manbaning xabarlariga ko‘ra, «Borussiya» himoyachisi transferi bo‘yicha 35-40 million yevrodan kamroq takliflarni ko‘rib ham chiqmaydi.

Ma’lumot uchun ushbu mavsum Svensson 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik himoyachining «Borussiya» bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi mavjud.

Bugungi yangiliklar