Live
2
O'zbek

Ronaldu va Messi Tevesning xayrlashuv oʻyinida bir jamoada oʻynashlari mumkin

Futbol
7 sentabr, 14:14
    10+
Argentinalik hujumchi bu borada sobiq jamoadoshlarini koʻndirganini maʼlum qildi.
Ronaldu va Messi Tevesning xayrlashuv oʻyinida bir jamoada oʻynashlari mumkin
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi va “Boka Xuniors” klubining sobiq futbolchisi Karlos Teves argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu uning xayrlashuv oʻyinida bir jamoa safida maydonga tushishi mumkinligini maʼlum qildi.

Uchrashuv 2026 yil dekabr oyiga rejalashtirilgan boʻlib, Buenos-Ayresdagi “La Bombonera” stadionida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

“Men har doim Krishtianu va Leoni bir jamoada koʻrishni orzu qilganman. Ular — barcha davrlarning eng buyuk ikki futbolchisi.

Men ular bilan, ayniqsa, Krishtianu bilan bogʻlandim. Unga: «Krishtianu, men Leo va seni xayrlashuv oʻyinimda bir jamoa safida oʻynashingizni xohlayman. Butun dunyo bu sehrni bir marta koʻrib, bir umrga eslab qolishi uchun”, — dedim. U kelishga vaʼda berdi.

Leoni ham koʻndirish qiyin boʻlmadi. Ikkalasi ham rozilik bildirdi. Buni katta hayajon bilan kutyapman. Bu oʻyin juda hissiyotli boʻladi"
, — deya Tevesning soʻzlarini keltiradi Footmercato.

Teves Ronaldu bilan “Manchester Yunayted”da, Messi bilan esa Argentina milliy jamoasida birga oʻynagan.

Teves, Ronaldu, Messi
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar