Fransiyaning LʻÉquipe nashri Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi oʻyinchilardan ramziy jamoa tuzdi. Undan argentinalik hujumchi Lionel Messi joy oldi. Biroq musobaqa tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu tarkibga kiritilmadi.
Chempionlar ligasi tarixidagi ramziy jamoa:
Darvozabon: Rey Klemens (“Liverpul”).
Himoyachilar: Daniel Karvaxal (“Real”), Frans Bekkenbauer (“Bavariya”), Franko Barezi (“Milan”), Paolo Maldini (“Milan”).
Yarimhimoyachilar: Luka Modrich (“Real”), Andres Iniyesta (“Barselona”).
Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”), Yohan Kroyf (“Ayaks”), Jorj Best (“Manchester Yunayted”), Alfredo Di Stefano (“Real”).
Ayni vaqtda UEFA Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi — Fransiyaning “PSJ” klubi. Musobaqaning soʻnggi mavsumi finalida parijliklar “Arsenal”ni magʻlub etgan.
LʻEquipe YCHL tarixi boʻyicha ramziy jamoa tuzdi — Ronaldu kiritilmadi
Futbol
7 sentabr, 14:46
35+
Musobaqaning eng yaxshi toʻpurarining tarkibda yoʻqligi bahslarga sabab boʻldi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi